Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yer mojarosi. Andijon va Xorazmda bir necha shaxslar qo‘lga olindi

Yer mojarosi. Andijon va Xorazmda bir necha shaxslar qo‘lga olindi

Foto: Xabar.uz

Andijon va Xorazm viloyatlarida yer maydonlarini sotmoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqarolar X.R. va D.M. (muqaddam sudlangan) o‘zaro til biriktirib, fuqaro A.Yu.ga Andijon tumanidagi «X.Ch.» fermer xo‘jaligiga qarashli ekin yer maydonining 8 sotixini 22 000 AQSh dollari evaziga kelgusida uy-joy qurishi uchun rasmiylashtirib berishini aytib, oldindan 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanishgan.

Shu kabi, Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar E.I va D.I. Urganch tumani «A.Temur» massivi hududidagi 11 sotix yer maydonini fuqaro J.B.ga 180 mln so‘mga sotishga kelishib, shundan 7 500 AQSh dollari va 7 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov haraktlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring