Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tug‘ma yurak nuqsonini jarrohlik amaliyotisiz davolash mumkinmi?

Tug‘ma yurak nuqsonini jarrohlik amaliyotisiz davolash mumkinmi?

Tug‘ma yurak nuqsonini jarrohlik amaliyotisiz davolasa bo‘ladimi?

Hakimjon Abrolov, tibbiyot fanlari doktori, professor:

— Tug‘ma yurak nuqsonlarining turlari juda ko‘p. Shu bois davolash ishlari kasallikning turiga qarab belgilanadi.

Farzandi ushbu xastalik bilan tug‘ilgan ko‘pchilik ota-onalarda vaqt o‘tgach, kasallik o‘z-o‘zidan yopilib ketadi, degan tushuncha bor. To‘g‘ri, ayrim nuqsonlar yopilib ketishi mumkin. Xususan, ochiq arterial protok — shunday turlardan biri.

Bola olti oylik bo‘lgunicha, organizmdagi fiziologik o‘zgarishlar tufayli bu tug‘ma yurak nuqson turi kichik hajmda bo‘lsa, o‘z-o‘zidan yopilib ketish imkoni bo‘ladi. Biroq hammasi emas. Shu bois tug‘ma yurak nuqsoni aniqlangandan so‘ng, uni «o‘zi yaxshi bo‘lib ketadi» deya kutish va asoratlari chuqurlashib, operatsiya qilib bo‘lmaydigan holga olib kelmaslik zarur.

Chunki bu dardni faqat jarrohlik amaliyoti bilangina davolash mumkin. Shu bois kasallikni erta aniqlab, doimiy nazoratda bo‘lish maqsadga muvofiq.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring