Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent xalqaro aeroportida cheklov joriy etildi

Toshkent xalqaro aeroportida cheklov joriy etildi

Foto: Uzbekistan airports.

Toshkent xalqaro aeroportida noqulay ob-havo sharoiti (tuman) tufayli havo kemalarini qabul qilishga cheklovlar joriy etildi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi

Samarqanddagi muqobil aerodromga quyidagi reyslar yo‘naltirildi:

- Silk Avia aviakompaniyasining Farg‘ona-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha US 402;

- Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Bishkek – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY 778;

- Utair aviakompaniyasining Surgut-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha UTA-709;

- Centrum Air aviakompaniyasining Dubay-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha MFX-352.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Grozniy – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha reysi Buxorodagi muqobil aerodromga yo‘naltirildi.

 Parvozlar ma’lumotlari yangilanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring