Ikki aviakompaniya O‘zbekistonga parvozlarni vaqtincha to‘xtatdi
Ikki aviakompaniya Eron ustidagi havo hududi yopilganligi sababli O‘zbekistonga parvozlarni vaqtincha to‘xtatdi.
«Flynas» va «Qeshm Air» aviakompaniyalari Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskinlashuvi va havo hududining bir qismi yopilishi munosabati bilan O‘zbekistonga parvozlarni vaqtincha to‘xtatdi.
Bugun, 2-oktyabr kuni quyidagi reyslar bekor qilindi:
- «Flynas» aviakompaniyasining Jidda – Toshkent – Jidda va Jidda – Namangan – Jidda yo‘nalishida;
- «Qeshm Air» aviakompaniyasining Tehron – Toshkent – Tehron yo‘nalishida.
Ushbu reyslar haqida batafsil ma’lumot olish uchun aviakompaniya vakillariga murojaat qilish tavsiya etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter