Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandda tadbirkorning 1,7 mlrd so‘mi talon-toroj qilindi

Samarqandda tadbirkorning 1,7 mlrd so‘mi talon-toroj qilindi

Foto: Xabar.uz

Samarqand shahrida tadbirkorning 1,7 mlrd so‘mlik mulkini talon-toroj qilgan shaxslar fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahri bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda “T.G.” MChJ Samarqand filiali haydovchi-ekspeditorlari F.S. va M.N. o‘zaro til biriktirib MChJga tegishli kolbasa va pishloq mahsulotlarini naqd pul va plastik kartalari orqali sotib, hujjatlarni qalbakilashtirish yo‘li bilan jami 1,7 mlrd so‘mni o‘zlarining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganliklari aniqlangan.       

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring