Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandning ikki tumanini bog‘lovchi temiryo‘l qurilishi boshlandi

Samarqandning ikki tumanini bog‘lovchi temiryo‘l qurilishi boshlandi

Samarqand viloyatining Jomboy tumanidan Urgutga tomon temiryo‘l qurilishi boshlandi.

Uzunligi 50 kilometrdan ortiq bo‘lgan yangi tarmoq «Toshtemiryo‘lloyiha» mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan ishlab chiqilgan bosh reja bo‘yicha zamonaviy muhandislik yechimlari hisobga olingan holda barpo etiladi.

Jomboy tumanidagi «MAN» zavodi yaqinidan boshlanuvchi yangi temiryo‘l tarmog‘i 4R-238 avtomobil yo‘lini kesib, Zarafshon daryosi bo‘ylab o‘tadi va so‘ngra ushbu daryo ustida   barpo etiladigan ko‘prik orqali Urgut tumaniga boradi. Temiryo‘l o‘tadigan Jomboy, Samarqand, Toyloq va Urgut tumanlarining aholi gavjum hududlarida bekatlar tashkil etiladi. Masalan, Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh Urgut tumanida joylashgan «Jartepa» chegara bojxona posti  yaqinida bekat quriladi. Bu esa tojikistonliklarga  yurtimiz bo‘ylab temir yo‘l orqali ham sayohat qilish imkonini beradi.

«Mazkur yangi tarmoq yurtimiz temir yo‘l sohasidagi yirik loyihalardan biri. Bu orqali nafaqat «Urgut» erkin iqtisodiy zonasi korxonalarining transport tarmog‘i yaxshilanadi, shu bilan birga aholi uchun qulaylik yaratiladi, hududda sayyohlik rivojlanadi», – deydi «Temiryo‘l loyihasi» mas’uliyati cheklangan jamiyati  direktori Rasuljon Ro‘ziyev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring