Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qurigan Orol dengizi bo‘ylab o‘tkazilgan marafon ekologik muammolardan xabardorlikni oshiradi

Qurigan Orol dengizi bo‘ylab o‘tkazilgan marafon ekologik muammolardan xabardorlikni oshiradi

Keniya, Togo, Fransiya, Xitoy, Yaponiya, Pokiston, Filippin va O‘zbekistondan jami 12 nafar sportchi Orol dengizining qurigan tubi bo‘ylab 42 kilometr 195 metrlik marafon masofasini bosib o‘tib, noyob poygada ishtirok etishdi. Sportchilar o‘zlari guvoh bo‘lgan Orol dengizining falokatidan hayratda qolishdi.

«Orol dengizining ekologik fojiasi ko‘lamini chinakamiga anglash uchun bu yerga tashrif buyurish kerak», – dedi yengil atletikachi Kulikov.

O‘zbekiston ekologiya vazirligi tomonidan «Butunjahon cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish kuni» munosabati bilan tashkil etilgan «Orol Eco Marathon» deb nomlangan ushbu tadbir yana bir bor mintaqaning ushbu jiddiy ekologik muammosiga dunyo jamoatchiligining e’tiborini qaratdi. Bu kabi tadbirlar ko‘proq bo‘lishi, odamlar Orol fojiasi haqida uzoqdan eshitibgina qolmay, uning oqibatlarini o‘z ko‘zlari bilan ham ko‘rishlari kerak.

Ekologiya vazirligi Orol dengizi hududini tiklash bo‘yicha faol ishlarni olib bormoqda. Jumladan, 2018-2022 yillarda 1,6 million gektar maydonda daraxtlar ekildi, bu yil Mo‘ynoq tumanidagi 128 ming gektar maydonda yashil maydonlar barpo etildi. Ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida Nukus va Urganch shaharlari atrofida yashil belbog‘lar yaratildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring