Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qahramon Quronboyev madhiya kuylash bo‘yicha topshiriq berdi (audio)

Qahramon Quronboyev madhiya kuylash bo‘yicha topshiriq berdi (audio)

Ijtimoiy tarmoqlarda Qahramon Quronboyevning mahalla faollari o‘z hududida ertalabki soat 7:00 da madhiya kuylashi kerakligi haqidagi topshiriqlari aks etgan audio tarqaldi.

Audioda, shuningdek, mahalla idorasida madhiya kuylangach, mahalla raisi 7:45 da o‘z hududidagi maktabda bo‘lishi va maktab direktori o‘rinbosari bilan birga o‘quvchilarni kutib olishi, 8:15da davomatni olib, mahalla yettiligi bilan darsga kelmagan o‘quvchilar haqida ma’lumot to‘plashlari kerak. Kechki soat 21:00 da esa Qahramon Quronboyevning o‘zi shaxsan o‘tkazadigan videoselektor yig‘ilishida kunlik hisobot topshirishlari lozimligi aytiladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda bu topshiriqlar Mehnat qonunchiligiga zid ekani haqida bahs-munozaralar bo‘lmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Qahramon Quronboyev yaqinda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi etib saylangan va uning maqomi Bosh vazir o‘rinbosariga tenglashtirilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring