Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz»: Texnika fanlari doktori Elyorbek Saydaxmedovga professor ilmiy unvoni berildi

«O‘zbekneftgaz»: Texnika fanlari doktori Elyorbek Saydaxmedovga professor ilmiy unvoni berildi

Foto: «O‘zbekneftgaz» AJ

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Neft va gaz sohasida ta’lim-ishlab chiqarish klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan topshiriq va ko‘rsatmalarni bajarish maqsadida «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev topshirig‘i bilan neft va gaz sanoati bo‘linmalarining ilmiy-tadqiqot yo‘nalishi qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Bu boradagi ishlarni yanada takomillashtirish, sanoat, soha rahbarlari va mutaxassislarining ilmiy va kasbiy darajasining o‘sishini ta’minlash uchun samarali tizimini yaratish va joriy etish, ta’lim sifatini oshirish va sohada ta’lim, fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi o‘zaro integratsiyani ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, zamonaviy talablar asosida mutaxassislar va ilmiy kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish usullari va shakllarini yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda xalqaro ta’lim standartlariga muvofiq takomillashtirish orqali ilmiy-tadqiqot muassasalari professor-o‘qituvchilari va mutaxassislari, xorijiy tajribani hisobga olgan holda zamonaviy ilm-fan yutuqlari va ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqish va ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha faol ishlar yo‘lga qo‘yilgan.

«O‘zlitineftgaz» AJ Boshqaruv raisi o‘rinbosari, texnika fanlari doktori Saydaxmedov Elyorbek Egamberdiyevichga 2022-yil 30-iyulda professor ilmiy unvonining berilgani neft va gaz tizimida amalga oshirilayotgan bunday chora-tadbirlarning samarali natijasi deb hisoblash mumkin.

Ta’kidlash joizki, soha rahbarlari va mutaxassislarining bilim va tafakkurining ilmiy hamda texnik darajasini har tomonlama rivojlantirish, o‘qitishning yangi usullarini ilgari surish va har bir xodimning soha oldida turgan vazifalarini hal etish borasida sa’y-harakatlarni jalb etish uchun yaratilgan sharoitlar neft-gaz sanoati korxonalarining ilmiy va texnik salohiyatini korxonalarining ilmiy va texnik salohiyatini yanada mustahkamlashni ta’minlaydi va respublikamizning neft-gaz sanoatini yanada rivojlantirish uchun ishonchli poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring