O‘zbekistonda ko‘ngilochar maskanlarni 24/7 rejimida ishlatish taklif etildi
O‘zbekistonda tungi iqtisodiyotni rivojlantirish uchun bir qator choralar taklif etilmoqda.
Strategik islohotlar agentligi matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Buyuk Britaniya, Tailand, AQSh, BAA va Avstraliya kabi tungi iqtisodiyot rivojlangan shaharlarda yillik daromadlar iqtisodiy o‘sishni sezilarli darajada rag‘batlantiradi. Tunggi iqtisodiyot bu davlatlarga milliardlab dollar foyda keltirmoqda.
Agentlikning ta’kidlashicha, Toshkentda tungi iqtisodiyotni samarali rivojlantirish uchun ayrim ko‘chalarni gastronomik zonalarga aylantirish bilan cheklanib qolmasdan, ustuvor qadamlarni qo‘yish zarur.
Shu munosabat bilan agentlik O‘zbekistonda tungi iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha bir qator takliflar ishlab chiqdi, xususan:
- 2025 yil 1 fevraldan tungi iqtisodiyot va turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha ishchi guruh tuzish;
— ko‘ngilochar muassasalarning juma va shanba kunlari kecha-kunduz ishlashi hamda ularning ish soatlariga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilish;
— turistik jozibador zonalarni aniqlash va ularda tungi tadbirlar uchun joylarni tashkil etish;
— Toshkent shahridagi jamoat transportini (avtobuslar, tramvay, metro) kecha-kunduz ishlash rejimiga o‘tkazish;
— tungi muassasalar, jamoat transporti yo‘nalishlari va maxsus takliflar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan "Tungi Toshkent" elektron platformasini yaratish;
— tungi iqtisodiyot uchun ma’lum hududlarni modernizatsiya qilish, ko‘chalarni yoritishni kuchaytirish hamda aholi va sayyohlar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter