Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston va Turkiya OAV bo‘yicha ahdlashuv bayonnomasini imzoladilar

O‘zbekiston va Turkiya OAV bo‘yicha ahdlashuv bayonnomasini imzoladilar

Foto: Prezident matbuot xizmati.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Turkiyaga borgani xabar berilgandi. 

Ushbu tashrif doirasida Turkiya Respublikasi Prezidenti huzuridagi Kommunikatsiyalar Boshqarmasi Boshlig‘i Fahrettin Altun va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi Ishlar Vaziri Baxtiyor Saidov ikki davlat o‘rtasida ommaviy axborot vositalari va kommunikatsiyalar sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiluvchi ahdlashuv bayonnomasini imzoladilar.

Turkiya Kommunikatsiyalar Boshqarmasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va Ommaviy Kommunikatsiyalar Agentligi o‘rtasida imzolangan «Ommaviy axborot vositalari va kommunikatsiyalar sohasida hamkorlik to‘g‘risida»gi ahdlashuv bayonnomasi bilan ikki davlat o‘rtasida ommaviy axborot vositalari va aloqa sohalarida do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlash va yaqin hamkorlikni oshirish ko‘zda tutilgan.

Shunga ko‘ra, ikki davlat o‘z mamlakatlarida amaldagi qonunlar, qoidalar nizomlar va milliy siyosatlar muvofiq, kommunikatsiya, xalq diplomatiyasi hamda ommaviy axborot vositalari va teleradioeshittirish sohalaridagi manfaatlilik va o‘zaro foyda asosida ikki davlat orasidagi hamkorlikni mustahkamlash, rag‘batlantirish va rivojlantirishga intiladi.

Bayonnoma bilan ikki davlat o‘rtasida ommaviy axborot vositalari va kommunikatsiya sohasida axborot, tajriba va ilg‘or malakalar almashish, o‘zaro foydali va manfaatli tashabbuslar va loyihalar bo‘yicha hamkorlikka erishiladi. Bundan tashqari, qo‘shma yig‘ilishlar, seminarlar, amaliy mashg‘ulotlar, treninglar va konferensiyalar tashkil etilib, ommaviy axborot vositalari, aloqa va teleradioeshittirish sohalarida rasmiy shaxslar va ekspertlar o‘rtasida tashriflar almashinuvi rag‘batlantiriladi. Hujjat 5 (besh) yil davomida amal qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring