Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Navoiyda ekologiya xodimi qo‘lga tushdi

Navoiyda ekologiya xodimi qo‘lga tushdi

Karmana tumanida bayonnoma rasmiylashtirmaslikni va’da qilgan bo‘lim boshlig‘i ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Karmana tuman bo‘limi tomonidan DXX hamda IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Navoiy viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining Karmana tuman bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi X.T. fuqaro N.F. tomonidan «Uyrot» MFY hududida sport zal binosi qurish uchun ajratilgan yer maydonidagi manzarali daraxtlar kesib tashlanganligi uchun ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik va jarimaga tortmaslik evaziga 1 000 AQSh dollari pora talab qilib, shundan 10 mln so‘mni o‘z xizmat avtomobilida fuqaro N.N. orqali olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring