Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Namanganda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

Namanganda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

Xalq deputatlari Norin tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Namangan viloyati hokimining qarori hamda tuman Kengashi deputatlari tasdig‘i bilan Jo‘rabek Xamidovich  Nurmatov tumani hokimi etib tayinlandi.

Jo‘rabek Xamidovich  Nurmatov 1979 yil 30 iyul kuni Norin tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2003 y. Andijon qishloq ho‘jalik instituti. Mutaxassisligi hisobchi-auditor.

U 2020 yildan Norin tumani hokimining birinchi o‘rinbosari hozirgi vaqtga qadar Norin tumani hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Shuningdek, Xalq deputatlari Uchqo‘rg‘on tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Tumanning avvalgi rahbari Azimjon Abdumutalovich Vaxobov faoliyatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun tuman hokimi lavozimidan ozod etildi.

Namangan viloyati hokimining qarori hamda tuman Kengashi deputatlari tasdig‘i bilan Jahongir Nosirjanovich Rizzayev Uchqo‘rg‘on tumani hokimi etib tayinlandi.

Jaxongir Rizzayev 1986 yil 5 dekabr kuni Chortoq tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2008 yili Namangan muhandislik pedagogika institutini tamomlagan. Mutaxassisligi muhandis-energetik.

U 2018 yil may oyidan, hozirgi vaqtga qadar «Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJning bosh direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kosonsoyga yangi hokim tayinlangani xabar qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring