Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

MKBANK xodimlari uchun tashkil etilgan «Zakovat» intellektual o‘yini g‘oliblari taqdirlandi!

MKBANK xodimlari uchun tashkil etilgan «Zakovat» intellektual o‘yini g‘oliblari taqdirlandi!

MKBANK xodimlari o‘rtasida Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan «Zakovat» intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Abdurasul Abdullayev boshchiligida «Zakovat arena»da o‘tkazilgan mazkur o‘yinda MKBANKning respublikamizdagi barcha hududiy boshqarmalari, BXO va BXMlari hamda Bosh ofis xodimlaridan tashkil topgan eng kuchli jamoalari bellashdi.

30 ga yaqin jamoa ishtirok etgan bilimlar bellashuvida bankirlar nafaqat o‘z zakovatlariyu zukkoligini namoyish etishdi, balki jamoaviy ahillik, do‘stlik hamda o‘zaro samimiy muloqotning natijasini ko‘rsatishdi.

Ayniqsa, 1 va 2-tur o‘rtasida berilgan tanaffusda bank jamoasi bir stol atrofida yaqindan tanishish, fikr almashish imkoniga ega bo‘ldi.

Hayajonli, hissiyotlarga to‘la va kutilmagan savollarga boy o‘tgan aql jangida g‘oliblikka erishgan jamoalar esdalik sovg‘alari, diplom va medallar bilan taqdirlandi.

Bunday an’ana, ya’ni bilimlar bellashuvi MKBANK tomonidan muntazam o‘tkazib kelinmoqda, biroq bu galgi «Zakovat» intellektual o‘yini barcha jamoalar ishtirokchilarida o‘zgacha va katta taassurot qoldirdi, desak adashmaymiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring