G‘olib Murodov Muborak tumani hokimi etib tayinlandi

Muborak tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi xabar berdi.
Bugun xalq deputatlari Muborak tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.
Sessiyada deputatlar Murodov G‘olib Ne’matovichni Muborak tumani hokimi lavozimiga tasdiqlashdi.
G‘olib Murodov - 1981-yil Mirishkor tumanida tug‘ilgan. U Toshkent davlat agrar universiteti va Toshkent moliya institutini tamomlagan.
Tayinlovga qadar u “Hududgaz Qashqadaryo” gaz ta’minoti filiali direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter