Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoro shahrining sobiq hokimi yangi lavozimga tayinlandi

Buxoro shahrining sobiq hokimi yangi lavozimga tayinlandi

Jamol Nosirov Buxoro viloyat ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

J. Nosirov 1985 yil 12 iyunda Buxoro shahrida tavallud topgan. 2005 yili Buxoro davlat universitetining jismoniy madaniyat va jismoniy tarbiya o‘qituvchisi, psixolog mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Ish faoliyati davomida «Kamolot» YoIH Buxoro viloyat Kengashi raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Buxoro viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari va Buxoro shahar hokimi lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Eslatib o‘tamiz, Jamol Nosirov shu yilning may oyi boshlarida sog‘ligi yomonlashgani munosabati bilan Buxoro shahar hokimi lavozimidan ozod etilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring