Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonliklar uchun AQSh vizasi narxi oshdi

O‘zbekistonliklar uchun AQSh vizasi narxi oshdi

O‘zbekistonda AQShga viza uchun ma’muriy to‘lov miqdori 17-iyundan oshiriladi.

Bu haqda AQShning Toshkentdagi elchixonasi axborot xizmati xabar tarqatdi. 

Unga ko‘ra, viza uchun ma’muriy to‘lov miqdori o‘zgarishi 2023-yil 30-may kunidan emas, 2023-yil 17-iyundan e’tiboran kuchga kiradi. Shunda AQSh turistik viza toifasiga hamda petitsiya talab etmaydigan noimmigratsion viza turlariga murojaat etuvchilar uchun ma’muriy to‘lov miqdori 160 AQSh dollaridan 185 AQSh dollariga ko‘tariladi.

Petitsiya asosida bo‘lgan (H, L, O, P, Q va R) viza toifalariga murojaat etuvchilar uchun ma’muriy to‘lov miqdori 190 AQSh dollaridan 205 AQSh dollariga ko‘tariladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring