Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Yangi O‘zbekiston» massivlarini qurishda yangi tartib joriy etiladi

«Yangi O‘zbekiston» massivlarini qurishda yangi tartib joriy etiladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident raisligida o‘tayotgan yig‘ilishda hamma hokimlar ham qurilishning iqtisodiyotimiz uchun, aholi farovonligi uchun qanchalik muhimligini tushunib yetmayotgani ko‘rsatildi.

O‘tgan yili uy-joy qurilishida Toshkent shahri, Navoiy, Buxoro, Xorazm va Samarqandda ishlar yaxshi tashkil qilingani aytildi.

Lekin «Yangi O‘zbekiston» massivlaridagi ishlarning borishi qoniqarsiz ekani qayd etildi.

Qoraqalpog‘iston, Jizzax va Sirdaryoda esa infratuzilma va quruvchilar bilan ishlash o‘z holiga tashlab qo‘yilgan. Xorazmda 98 ta, Buxoroda 65 ta, Jizzaxda 19 ta, Navoiyda 12 ta auksionda sotib olingan yerda qurilish boshlanmagan.

Ba’zi xonadonlar aholi va infratuzilmadan uzoq, talab bo‘lmagan joyda qurilgani uchun bir yildan beri sotilmayapti.

«Yangi O‘zbekiston» massivlarini qurish  bo‘yicha mutlaqo yangi tizim yo‘lga qo‘yilishi ta’kidlandi.

Endi «Yangi O‘zbekiston» massiviga berilgan yer bo‘yicha loyihalashni 2 oydan, qurilishni boshlashni 3 oydan oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu talab buzilsa, yer qaytarib olinib, qayta auksionga chiqariladi.

Loyiha ekspertizasini o‘n besh kundan o‘tkazib yuborgan tashkilotlarning litsenziyasi to‘xtatib qo‘yiladi.

Qurilishda «eskrou» tizimi joriy qilinmoqda. Bu tizim developerlarga hozirgidan pastroq stavkada mablag‘ jalb qilish imkonini beradi. Muhimi, developerlarni moliyalashtirish uy qurish bilan birga boshlanadi va davom etadi.

Fuqarolar esa qurilish boshidan ipoteka va subsidiya olish hamda uy bitmasdan turib ham boshqa odamga sotish imkoniga ega bo‘ladi. Bu bilan uy sotib oluvchilar kafolatli himoyalanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring