Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uchta vazirlik rahbar xodimlarining biznesi borligi aniqlandi

Uchta vazirlik rahbar xodimlarining biznesi borligi aniqlandi

Foto: «Xabar.uz»

Transport, Maktabgacha va maktab ta’limi hamda Madaniyat vazirliklari va ularning tizim tashkilotlari o‘rganilganda, ularda faoliyat yuritayotgan 107 nafar boshqaruv xodimi 116 ta tadbirkorlik sub’yektida ta’sischilik asosida faoliyat yuritib kelayotganligi aniqlandi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ma’lum qildi.

Jumladan, Transport vazirligining 50 ta boshqaruv xodimi 55 ta tadbirkorlik sub’yektlarida, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 37 ta boshqaruv xodimi 39 ta tadbirkorlik sub’yektlarida hamda Madaniyat vazirligining 20 ta boshqaruv xodimi 22 ta tadbirkorlik sub’yektlarida ta’sischilik asosida faoliyat yuritib kelgan.

Agentlik tomonidan ushbu qonunbuzarliklarni bartaraf etish maqsadida tegishli vazirliklarga taqdimnomalar kiritilib, qayd etilgan qonunbuzilishi holatlari bartaraf etilmoqda, deyiladi xabarda.

Avvalroq, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi, Suv xo‘jaligi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirliklarining 398 rahbar xodimi 449 ta biznesga egaligi aniqlangani haqida xabar berilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring