Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Halol biznes uchun muhim qadam

Halol biznes uchun muhim qadam

O‘zbekistonda halol biznes yuritish uchun qulay muhit yaratishga muhim qadamlar qo‘yilmoqda. 2024 yil boshida tadbirkorlik sub’yektlarining barqarorlik reytingi joriy etildi, bu reyting qonunchilik talablariga rioya qilgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’yektlarini aniqlash va qo‘shimcha rag‘batlantirishni nazarda tutadi.

Uch yildirki, davlat organlari, xalqaro tashkilotlar va xususiy sektorni shaffof hamda ochiq faoliyat yuritishni ta’minlashning dolzarb masalalarini muhokama qilish uchun birlashtiruvchi biznes halolligi masalalariga bag‘ishlangan forum o‘tkazilmoqda.

2021 yilda o‘tkazilgan birinchi forum O‘zbekiston biznes halolligi xartiyasining qabul qilinishi bilan ahamiyatli bo‘ldi. U moliya, korrupsiyaga qarshi kurashish va davlat xaridlari kabi muhim sohalarda shaffoflik va halollikning yuqori standartlarini belgilaydi. Xartiyaga qo‘shilib, tadbirkorlar halol raqobat, korrupsiyaning oldini olish va ijtimoiy mas’uliyat tamoyillariga rioya qilish majburiyatini oladilar.

Hujjat Biznes-ombudsman, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Savdo-sanoat palatasi tomonidan ishlab chiqilgan. Qisqa vaqt ichida Xartiyaga 500 dan ortiq tadbirkor qo‘shildi va shu bilan biznes yuritishda halollik va ochiqlikka tayyor ekanliklarini bildirdilar.

III «Biznesda halollik» forumi O‘zbekiston ishbilarmon doiralari uchun yana bir muhim voqea bo‘ldi. Mazkur forum 9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlandi.

Forumda xorijiy Biznes-ombudsmanlar, vazirlik va idoralar, nazorat organlari, tadbirkorlik sub’yektlari, xalqaro va xorijiy tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlarining 100 dan ortiq vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Unda biznes huquqlarini himoya qilish samaradorligini oshirish, tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish tizimini isloh qilish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida tajriba almashildi.

Forum yakunida tadbirkorlik sub’yektlarining Korrupsiyaga qarshi kurashish Xartiyasiga qo‘shilishiga bag‘ishlangan tantanali marosim o‘tkazildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring