Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Uchta bank cheklovga, ikkitasi jarimaga tushdi

Uchta bank cheklovga, ikkitasi jarimaga tushdi

Foto: Xabar.uz

Amaldagi qonunchilik talablariga rioya etilmaganligi oqibatida 3 ta bankka nisbatan ayrim operatsiyalarning amalga oshirilishiga cheklov o‘rnatildi va 2 ta bankka esa jarima sanksiyasi qo‘llanildi.

Shuningdek, Markaziy bankning me’yoriy-huquqiy hujjatlari talablariga rioya qilinishi ta’minlanmaganligi uchun 1 ta lombardga chora va sanksiyalar qo‘llanilishi to‘g‘risida ogohlantirildi.

Shu bilan birga, Koreya Respublikasi «Kyongnam bank» AJ Boshqaruv qo‘mitasining qaroriga muvofiq, ushbu bankning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi faoliyati tugatilganligi sababli unga berilgan akkreditatsiya sertifikati bekor qilindi hamda «LOMBARD MAGIC CROWN» MChJ lombardda o‘tkazilgan tekshiruvi natijasi aniqlangan qo‘pol qoidabuzarliklari uchun lombardlar reyestridan chiqarildi.

Bundan tashqari, Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan o‘zining tizim barqarorligini saqlash, omonatchilar va investorlar huquqlarini himoya qilish prinsipidan kelib chiqib, tijorat banklari boshqaruvlari zimmasiga aniqlangan kamchiliklarni tuzatish, o‘rnatilgan prudensial normativlarga amal qilish, bank faoliyatida mavjud zaifliklarni bartaraf etish va moliyaviy holatini sog‘lomlashtirishga qaratilgan talablarga rioya qilish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring