Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent supermarketlarida olma arzonlashdi, kartoshka qimmatladi

Toshkent supermarketlarida olma arzonlashdi,  kartoshka qimmatladi

Foto: Xabar. uz

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari 2024-yilning sentyabr oyida Toshkent shahridagi yirik supermarketlarda 21 nomdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining o‘zgarishini ko‘rib chiqdi.  

 Monitoring natijalari 8 nomdagi mahsulot bo‘yicha minimal narxlar o‘tgan oydagiga nisbatan pasayganligini ko‘rsatdi. 

Shunday qilib, olmaning minimal narxi 28,2 foiz, pomidorniki 18,7 foiz, karamniki 15,9 foiz, limonniki 13,8 foiz, grechkaniki 5,9 foiz, tovuq go‘shtniki (file) 3,1 foiz, sariq piyozniki 2,0 foiz, shakarniki 1,6 foiz pasaygan.

 9 nomdagi mahsulotning minimal narxlari oshgan. Narxining oshishi bo‘yicha kartoshka yetakchi bo‘ldi. Bu esa mavsumiy omil bilan bog‘liq. 

 4 nomdagi mahsulotning eng past narxlari o‘zgarishsiz qolgan. Ularning orasida bug‘doy uni, guruch, qizil sabzi va tuxum.

Tahlil 8-avgust va 12-sentyabr kunlari o‘tkazilgan monitoring ma’lumotlari asosida qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring