Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston so‘nggi 10 yilda qancha oltin to‘plagani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston so‘nggi 10 yilda qancha oltin to‘plagani ma’lum bo‘ldi

Foto: Getty Images

Butunjahon oltin kengashi so‘nggi o‘n yillikda (2013–2023-yillar) Rossiya va Xitoy o‘z oltin zaxiralari hajmini salmoqli tarzda kengaytirganini ma’lum qildi.

Visual Capitalist ma’lumotlariga ko‘ra, bu davrda Rossiya o‘z zaxirasini 1 035 tonnadan 2 333 tonnaga, Xitoy 1 054 tonnadan 2 235 tonnaga oshirgan.

Turkiya o‘z zaxirasini 116 tonnadan 540 tonnaga oshirib, kuchli uchlikka kirdi.

O‘zbekiston zaxirasiga 10 yil (2013–2023) davomida 154 tonna qo‘shilib, 217 tonnadan 371 tonnaga yetdi va mamlakatimiz oltin zaxirasi hajmi oshishi sur’ati bo‘yicha jahonda 7-o‘rinni egalladi.

Manba: Visual Capitalist

Ekspertlar oltinga qiziqish ortishini geosiyosiy vaziyat, sanksiyalar kuchayishi va dedollarizatsiya haqidagi gap-so‘zlar avj olishi bilan bog‘lashmoqda. Markaziy banklar oltinni daromadlilik salohiyatiga ega xavfsiz hamda likvid aktiv deya baholashmoqda.

Garchi Rossiya va Xitoy oltin yig‘ishga zo‘r berayotgan bo‘lsa-da, oltinning eng yirik zaxirasi AQShga tegishli — 8 133 tonna. Amerika oltinining yarmi Fort-Noks (Kentukki shtati)da saqlanmoqda.

Oltin jamg‘armasi kattaligi bo‘yicha Germaniya (3 351 tonna) — ikkinchi, Italiya (2 452 ) — uchinchi, Rossiya va Xitoy to‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarda joylashgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring