Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sud Botir Qodirovni Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li deb topdi

Sud Botir Qodirovni Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li deb topdi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudida xonanda Botir Qodirovning otalikni belgilash haqidagi da’vosi yuzasidan sud qarori o‘qildi. Sud Botir Qodirovni Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li deb topdi.

«Botir Qodirovning javobgarlar Jo‘rayev Shoxjahon Sherali o‘g‘li va Jo‘rayev Zohirshox Sherali o‘g‘liga nisbatan otalik faktini belgilash haqidagi da’vo arizasi qanoatlantirilsin. Marhum, 2023 yil 4 fevralda vafot etgan Sherali Jo‘rayev 1981 yil 5 mayda tug‘ilgan Qodirov Botir Sheraliyevichga nisbatan otalik fakti belgilansin», deyiladi sud qarorida.

Shuningdek, qarorda Botir Qodirovning Andijon shahar FHDYo bo‘limida 1983 yil 11 mart 12-son bilan qayd etilgan tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi ota ustuniga «Sherali Jo‘rayev, 1945 yil tug‘ilgan, millati o‘zbek» deb ko‘rsatish ham belgilangan.

Sudning hal qiluv qarori 1 oydan so‘ng kuchga kiradi. Qarordan norozi taraflar apellyasiya shikoyati berishi mumkinligi aytilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring