Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qashqadaryoda «samosud» videosi tarqaldi. Zo‘ravonlar qo‘lga olingan

Qashqadaryoda «samosud» videosi tarqaldi. Zo‘ravonlar qo‘lga olingan

Ijtimoiy tarmoqlarda «Qashqadaryoda bola bir guruh shaxslar tomonidan  kaltaklagani aytilmoqda» nomli videolavha tarqaldi.

Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning  21-aprel kuni taxminan soat 16-00 larda Qarshi shahrida yashovchi T.A.  tanishlari bilan bir guruhga birlashib, o‘zaro kelishmovchilik natijasida Qarshi tumanida yashovchi  X. D.ni Qarshi shahar «Vatanparvarlar bog‘i» oldidan «Matiz» rusumli avtomashinaga mindirib,  shaharning G‘afur G‘ulom mahallasining chekka hududiga olib borib, kaltaklagan.

Holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring