Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

MChJ rahbari 9 kishining nomiga imtiyozli kredit olib o‘zlashtirdi

MChJ rahbari 9 kishining nomiga imtiyozli kredit olib o‘zlashtirdi

Ohangaron shahrida 9 nafar fuqaroning nomiga imtiyozli kredit olib o‘zlashtirgan MChJ rahbari aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron shahar bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro A.A. (muqaddam JKning 167-moddasi bilan sudlangan) 5 ta MChJ rahbari bilan o‘zaro til biriktirib, o‘zining nomiga “N.I.” MChJni tashkil qilib, hududiy tijorat banki filialidan 9 nafar fuqaroning nomiga jami 357,1 mln so‘m imtiyozli kredit ajratilishiga erishib, ushbu mablag‘larni yuqoridagi MChJlar orqali naqdlashtirib olganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring