Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda yosh bola olov ichidan qutqarib olindi

Toshkentda yosh bola olov ichidan qutqarib olindi

Bugun, 15-avgust kuni Toshkent shahar, Uchtepa tumani, «Ko‘hna Cho‘ponota» MFYda joylashgan ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 13:13 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 13:29 da bartaraf etilgan.

Yong‘inni bartaraf etish vaqtida yong‘in joyida bir nafar bola borligi aniqlangan. Zudlik bilan FVV qutqaruvchilari tomonidan bola qutqarilib, hayoti saqlab qolindi va tibbiyot xodimlariga topshirildi. Hozirda uning ahvoli yaxshi.

Yong‘in natijasida xonadonning 20 m.kv maydonda uy jihozlari yonib zararlangan.

Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring