Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda sodir bo‘lgan YTHlarda besh oyda 29 kishi halok bo‘ldi

Toshkentda sodir bo‘lgan YTHlarda besh oyda 29 kishi halok bo‘ldi

Bu haqda Toshkent shahar IIBB boshlig‘i, general-mayor Aziz Tashpulatov raisligida IIBB YHXB tomonidan 2024 yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarning muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilingan.

Qayd etilishicha, joriy yilning 5 oyi davomida Toshkent shahrida 393 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan bo‘lib, ularda 29 nafar fuqaro halok bo‘lgan, 364 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari olishgan. YTHning 240 tasi piyodalar ishtirokida sodir etilgan.

 YTHning sabablari tahlili qilinganda, haydovchilar tomonidan yo‘l harakati qoidalarga rioya qilmasligi, piyodalarning belgilanmagan joylardan yo‘lni kesib o‘tishi natijasida sodir etilganligi 99 foiz holatlarda qayd etilgan.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring