Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chilonzordagi avtomobillar to‘qnashuvida Menlo haydovchisi jarohat oldi

Chilonzordagi avtomobillar to‘qnashuvida Menlo haydovchisi jarohat oldi

Illyustrativ foto

17-iyun kuni soat 03:00 larda Chilonzor tumani Muqimiy ko‘chasida 4 ta avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Voqea yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB rasmiy ma’lumot berdi.

Haydovchilar — U.B. (1998-y.t.) boshqaruvida bo‘lgan MENLO avtomobili, M.A. (1999-y.t.) boshqaruvidagi «VAZ-2106», M.R. (1992-y.t.) boshqaruvida bo‘lgan «VAZ-2107» va B.R. (1990-y.t.) boshqaruvidagi Nexia-2 rusumli avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan.

YTH oqibatida MENLO haydovchisi tan jarohati olgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring