Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent viloyatida «nasha» yetishtirishga mo‘ljallangan laboratoriya fosh qilindi

Toshkent viloyatida «nasha» yetishtirishga mo‘ljallangan laboratoriya fosh qilindi

Bojxona qo‘mitasi hamda tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari ishtirokida Toshkent shahar Yunusobod tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tezkor tadbir davomida mazkur tumanda istiqomat qiluvchi fuqaro 1 dona qog‘oz quti ichida bo‘lgan, Markaziy bojxona laboratoriyasi sud ekspertiza xulosalarida umumiy og‘irligi 886,426 gr etib ko‘rsatilgan marixuana giyohvandlik moddalari bo‘lgan kurerlik jo‘natmasini qabul qilib olgan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan to‘xtatib qolindi.

Ushbu fuqaroning Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi dala hovlisi ko‘zdan kechirilganda esa, marixuana yetishtirish uchun mo‘ljallangan laboratoriya tashkil qilgani fosh bo‘ldi. Dala hovlidan jami 200 tup marixuana o‘simligi hamda taxminan 5 kg og‘irlikdagi quritilgan marixuana kukunlari topilib, ashyoviy dalil sifatida vaqtincha saqlovga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring