Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandda «dom» tepasiga basseyn qurgan fuqaro jarimaga tortildi

Samarqandda «dom» tepasiga basseyn qurgan fuqaro jarimaga tortildi

Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan aholi murojaatiga asosan o‘tkazilgan reyd tadbirlarida Samarqand shahri «Sug‘diyona» mahallasidagi 67-A sonli ko‘p qavatli uyning 10-qavat pentxaus qismida o‘zboshimchalik bilan basseyn qurilgani aniqlandi.

Qayd etilishicha, ushbu qurilma ko‘p qavatli uyning loyihasida nazarda tutilmagan va seysmik hodisa vaqtida binoning tebranishini kuchaytirib, uyning mustahkamligiga zarar yetkazishi mumkin. 

Inspeksiya xodimlari tomonidan mulkdorga nisbatan MJtKning 159-moddasiga asosan ma’muriy jarimalar qo‘llanildi va noqonuniy qurilmani bartaraf etish yuzasidan majburiy ko‘rsatmalar berildi.

Berilgan vaqt ichida mulkdor holatni o‘z ixtiyori bilan bartaraf qilib, oldingi holatiga qaytarmasa, unga nisbatan tegishli tartibda bartaraf etish yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga davo arizasi kiritilishi tushuntirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring