Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonga qattiq sovuq kirib kelishi prognoz qilindi

O‘zbekistonga qattiq sovuq kirib kelishi prognoz qilindi

Foto: Xabar.uz

Jahon prognoz markazlarining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, Ural va G‘arbiy Qozog‘iston orqali Rossiyasining shimoliy Yevropa hududlaridan 9-10 dekabr kunlari O‘zbekistonning  shimoliy hududlariga, 11-12 dekabrda esa butun respublika hududiga juda sovuq havo massasi kirib kelishi kutilmoqda.

10-11 dekabr kunlari respublika bo‘ylab yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qorga aylanishi mumkin).

Havo harorati asta-sekin pasayadi va 11-12 dekabrda kechasi 7-10 daraja sovuqgacha, kunduzi 0-3 darajagacha pasayadi, shimolda kechasi 12-17 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda.

 Toshkentda 10-11 dekabrda, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qorga aylanishi mumkin). 11-12 dekabrda havo harorati kechasi 7-10 daraja sovuq, kunduzi 0-3 daraja sovuqgacha pasayadi.

9-12 dekabr kunlari uchun ob-havo ma’lumoti maslahatomus hisoblanadi.

Agar keskin sovuq yangi ma’lumotlar bilan tasdiqlansa, O‘zgidromet – «Tezkor gidrometeorologik ma’lumot» maxsus xabari bilan e’lon qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring