Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbek yigiti koreyalik ayolni qutqarish uchun hayotini xavf ostiga qo‘ydi» — Koreya nashri

«O‘zbek yigiti koreyalik ayolni qutqarish uchun hayotini xavf ostiga qo‘ydi» — Koreya nashri

Janubiy Kyonsan viloyatining Yansan shahridagi restoranlardan birida sodir bo‘lgan yong‘inda 40 yoshli o‘zbekistonlik o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, 69 yoshli koreyalik ayolni qutqardi, deya xabar berdi Janubiy Koreya nashri.

Yong‘in dushanba kuni soat 18:44 atrofida Yansanning Bukbu-dong shahridagi keksa er-xotin tomonidan boshqariladigan restoranda sodir bo‘lgan.

Ayolning 70 yoshlardagi turmush o‘rtog‘i yong‘in boshlanishidan oldin restorandan chiqib ketgan va shiddatli yong‘in tufayli ichkariga kira olmagan. Shu payt qo‘shni uyda yashovchi O‘zbekiston fuqarosi yonayotgan restoran ichkarisiga kirib, ayolni qutqarib qolgan.

Ayni paytda ayol tanasining ikkinchi darajali kuyish jarohati bilan kasalxonada davolanmoqda, uning eri ham yong‘inda olgan jarohatlari tufayli davolanmoqda. Ayolni qutqargan o‘zbekistonlik shisha sinishidan yengil tan jarohati olib, unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring