Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janubiy Koreyada «hech kim yolg‘iz qolmaydigan shahar» tashabbusiga kirishildi

Janubiy Koreyada «hech kim yolg‘iz qolmaydigan shahar» tashabbusiga kirishildi

Illyustrativ foto

Janubiy Koreya hukumati aholi o‘rtasida yolg‘izlikka qarshi kurashish uchun katta ko‘lamdagi tashabbusni amalga oshirishga kirishdi.

Minglab koreyaliklar yolg‘izlikda vafot etmoqda.

Rejaga ko‘ra, Seul rahbariyati kelgusi besh yil davomida yangi dasturni joriy etishga 326 mln dollar ajratadi. Bu mablag‘ ruhiy salomatlik xizmatlarini kengaytirish, kechayu kunduz ishlaydigan qaynoq telefon liniyalarini o‘rnatish va aholi uchun boshqa turli rag‘batlantirishlarni taqdim etishga sarflanadi.

«Yolg‘izlikdan xoli Seul» tashabbusi yolg‘izlik muammosiga boshlang‘ich bosqichidayoq tizimli yechim topishga qaratilgan. U jumladan, yolg‘izlikda vafot etib uzoq vaqt e’tiborsiz qolib ketish holatlari — «yolg‘iz o‘lim» (godoksa)ning oldini olishda yordam beradigan profilaktika choralarini ham o‘z ichiga oladi.

Koreya milliy boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda 2024-yilda 30 yoshdan o‘tib uylanmaganlar soni 30 yil avvalgidan besh baravar ko‘paygan. Ayollar o‘rtasida bu ko‘rsatkich 8 karra oshgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring