Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MMA jangchisi Shohasan Mirzamatov avtofalokatga uchradi

MMA jangchisi Shohasan Mirzamatov avtofalokatga uchradi

Yarim og‘ir vazn toifasidagi o‘zbekistonlik MMA jangchisi Shohasan Mirzamatov avtohalokatga uchradi. Bu haqda Qozog‘istonning Octagon ligasi matbuot xizmati xabar berdi.

Mirzamatovning hozirgi holati bo‘yicha to‘liq ma’lumot yo‘q. Tarqatilgan videoda uning qo‘li jiddiy jarohat olgani va operatsiya qilingani ko‘rinadi.

Xabarda aytilishicha, Shohasan 23 fevral kuni Olma-Otada bo‘lib o‘tadigan Octagon 70 turnirida ishtirok eta olmaydi. U o‘sha kuni Liga chempioni, qozog‘istonlik Georgiy Kichigin bilan jang qilishi kerak edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring