Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

FVV zilzila oqibatlari haqida ma’lumot berdi

FVV zilzila oqibatlari haqida ma’lumot berdi

Avval xabar berganimizdek, bugun 21 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:47 da Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. Ushbu zilzila kuchi O‘zbekiston Respublikasi hududida ham sezildi.

Holat yuzasidan O‘zbekiston FVV rasmiy xabar berdi.

«Respublika hududida hech qanday ko‘ngilsiz hodisalar kuzatilmadi. Bino va inshootlarga zarar yetmagan.

O‘z navbatida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholidan sarosimaga tushmaslikni va vahimaga berilmaslikni so‘rab qoladi. Ba’zi-ba’zida shunday zilzilalar respublikamiz hududida kuzatilib turadi», deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring