Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chelyabinskda YTH: bir o‘zbekistonlik vafot etdi, ikki kishi shifoxonaga yotqizildi

Chelyabinskda YTH: bir o‘zbekistonlik vafot etdi, ikki kishi shifoxonaga yotqizildi

Mamlakatimizning Yekaterinburg shahridagi bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra 2020-yilning 7- fevral kuni Chelyabinsk viloyati, Yujnouralsk – Magnitogorsk trassasida yo‘l-transport hodisasida sodir bo‘lgan.

Natijada 3 kishi, jumladan O‘zbekiston fuqarosi M.R. vafot etdi, hamyurtlarimiz M.N. va A.R. jarohat bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga oldi, jarohatlanganlar va ularning yaqinlari bilan aloqa o‘rnatdi, O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi bilan birgalikda marhumaning jasadini turmush o‘rtog‘i hamrohligida O‘zbekistonga jo‘natish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring