Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoylik buvilar «virtual, sun’iy nevaralar»ga bog‘lanib qolishmoqda

Xitoylik buvilar «virtual, sun’iy nevaralar»ga bog‘lanib qolishmoqda

Xitoyda keksa va yolg‘iz ayollar orasida noodatiy tendensiya boshlandi – ular «virtual nevaralar» bilan ovunishmoqda.

Gap shundaki, xitoylik keksa onaxonlarni sun’iy intellekt yordamida yaratilgan bir yoshli bolajonlar haqidagi videolar o‘ziga tobora jalb qilmoqda. «Bolajonlar» buvilarni nafaqat ajoyib va yoqimliligi, balki hayratlanarli darajada rivojlanganligi bilan rom qilishmoqda.

Bu kichkintoylar juda mustaqil – bozor - o‘char qiladi, parranda boqadi, dalada sabzavot teradi va kechki ovqat pishiradi. Buvilar bu bolalarning qilayotgan ishlarini ko‘rib tashvishlanishadi: ishqilib ovqat pishirayotganda qo‘lini kesib ketmasinda, parrandalar ko‘zlarini cho‘qib olmasinda...

Boshqalar keksa ayollarga bolalar bilan sodir bo‘layotgan voqealarning barchasi haqiqat emasligini tushuntirishga harakat qilishayapti. Ammo ular onaxonlarning qattiq e’tirozlariga duch kelishmoqda. G‘azablangan buvijonlar o‘zlarining barcha qarindoshlari soxtaligini va internetdagi yoqimli bolalar juda mehribonligini ta’kidlashmoqda.

Ko‘pchilik bunday amaliyotdan tashvishlanishga hojat yo‘qligini aytishmoqda: agar yolg‘izlikni his qilayotgan buvilarga sun’iy nevaralari quvonch va baxt keltirsa buning yomon tomoni yo‘q....

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring