Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalqaro sud Isroil bo‘yicha keskin hukm chiqardi. Netanyahu javob berdi

Xalqaro sud Isroil bo‘yicha keskin hukm chiqardi. Netanyahu javob berdi

BMT Xalqaro sudi Isroilning G‘arbiy Sohil va Sharqiy Quddusdagi turar-joy siyosatini noqonuniy deb e’lon qildi.

Sud Isroilni Falastin hududidan imkon qadar tezroq isroilliklarni evakuatsiya qilishga va bu hududlarda yashayotgan falastinliklarga yetkazilgan zararni qoplashga chaqirdi.

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu sud qarorini rad etdi.

«Sud Isroil siyosati va amaliyoti bosib olingan Falastin hududlari, xususan, Sharqiy Quddus va G‘arbiy Sohil ustidan nazoratni mustahkamlaydi, deb hisoblaydi. Sud bu siyosat bosib olingan Falastin hududining katta qismini anneksiya qilish bilan teng deb hisoblaydi», deyiladi sud qarorida 

Bu hukm maslahat uchun va majburiy emas. Shu bilan birga, BMTdan sud qarorini amalga oshirishga erishish yo‘llarini izlash so‘ralgan.

Isroilning aholi punktlari siyosati katta yerlarni musodara qilish yoki rekvizitsiya qilishga asoslangan, deya qaror qildi sud.

Benyamin Netanyaxu sud qarorini noto‘g‘ri deb atadi va Isroil turar-joylarining qonuniyligiga e’tiroz bildirish mumkin emasligini ta’kidladi. «Yahudiy xalqi o‘z yurtida - bizning abadiy poytaxtimiz Quddusda ham, Yahudiya va Samariyadagi ota-bobolarimiz yurtida ham bosqinchi emas», - deya iddao qilgan u. 

Eslatib o‘tamiz,  Isroilning G‘azodagi tajovuzi sabab hozirgacha qariyb 40 ming kishi qurbon bo‘ldi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring