USAID jahondagi barcha xodimlarini ma’muriy ta’tilga chiqarmoqda

AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) jahondagi barcha xodimlarini ma’muriy ta’tilga chiqaradi.
«USAIDning bevosita ishlovchi xodimlari butun dunyo bo‘ylab ma’muriy ta’tilga chiqariladi. Faqat asosiy rahbariyat, missiyaning o‘ta muhim va maxsus vazifalariga tayinlangan xodimlar bundan mustasno», — deyiladi 4-fevral kuni USAID saytida berilgan e’londa.
Ta’til 8-fevraldan boshlanadi. Agentlik AQSh Davlat departamenti bilan birgalikda xorijda ishlovchi xodimlarni mamlakatga qaytarish choralarini ko‘radi. Ularga yo‘l haqi to‘lanib, 30 kun ichida jo‘nab ketishi tashkil etiladi. Asosiy bo‘lmagan barcha aloqalar to‘xtatiladi. Ish muddatini uzaytirish yakka tartibda ko‘rib chiqiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp berilayotgan pullar jahonda barqarorlikni izdan chiqarishga xizmat qilayotganini ta’kidlab, chet mamlakatlarga yordam dasturlarini muzlatishga farmon bergandi.
USAID direktori vazifasini bajarish ayni paytda AQSh Davlat kotibi Marko Rubioga topshirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter