Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukraina Putinni hibsga olishga order bergan sud bo‘yicha qonunni ma’qulladi

Ukraina Putinni hibsga olishga order bergan sud bo‘yicha qonunni ma’qulladi

Ukraina Oliy Radasi Xalqaro jinoiy sudning Rim statusini Ukraina ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi.

Hujjatni yoqlab 281 deputat ovoz berdi. Shu bilan birga, loyihaga ukrainaliklarni harbiy jinoyatlar uchun javobgarlikka tortishdan himoya qilish bo‘yicha tuzatish kiritildi.

"Ukraina Rim nizomini alohida bayonot bilan ratifikatsiya qildi, unga ko‘ra, kuchga kirganidan keyin yetti yil davomida Ukraina MJTning o‘z fuqarolarining jinoyat sodir etganlik uchun yurisdiksiyasini tan olmaydi, — deb yozdi deputat Irina Gerashchenko Telegram’da.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy qonun loyihasini 15-avgust kuni Radaga kiritgandi. U Jinoyat kodeksi qoidalarini eng og‘ir xalqaro jinoyatlar bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortishni ta’minlaydigan Rim statusi normalariga muvofiqlashtirishga yordam beradi.

Prezident devoni rahbari o‘rinbosari Irina Mudraya iyul oyida Ukraina Rim statusini ratifikatsiya qilishni yil oxirigacha yakunlashni kutayotganini aytdi.

2023-yilning mart oyida XJS Rossiya prezidenti Vladimir Putin va bolalar ombudsmeni Mariya Lvova-Belovani «Ukrainadan bolalar noqonuniy olib chiqib ketilgani» ishi bo‘yicha hibsga olishga order bergandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring