Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkiya hukumati Telegram’ni bloklash ehtimoli haqida ogohlantirdi

Turkiya hukumati Telegram’ni bloklash ehtimoli haqida ogohlantirdi

Turkiya hukumati Telegram messenjerini narkotik moddalar sotish, fohishabozlikni targ‘ib qilish, qimor o‘yinlarini targ‘ib qilish va bolalar pornografiyasi aks ettirilgan videolarni tarqatishda qo‘llanayotgani ishi sababli uni bloklash ehtimoli haqida ogohlantirdi. Bu haqda «Takvim» gazetasi huquq-tartibot idoralaridagi manbalariga tayanib xabar berdi.

Nashrning keltirishicha, Turkiya Texnologiya va kommunikatsiyalar kengashi Telegram bosh ofisiga noqonuniy faoliyat uchun foydalaniladigan kanallarni yopish talabi bilan mingdan ortiq ogohlantirish yuborgan, biroq hozircha javob olmagan.

Ma’lum bo‘lishicha, Turkiyada 8 millionga yaqin Telegram foydalanuvchisi bor va ular soni bo‘yicha dunyoda 10-o‘rinda turadi.

Eslatib o‘tamiz, 2-avgust kuni Turkiyada Instagram ijtimoiy tarmog‘iga kirish amaldagi qonunchilikni buzgani uchun bloklangan edi. 10-avgust kuni kechqurun esa Meta kompaniyasi bilan Turkiya rasmiylari talablarini bajarish bo‘yicha kelishuvga erishilgandan so‘ng tarmoqqa kirish tiklandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring