Tojikistondagi Rog‘un GESda 3 ishchi halok bo‘ldi
Tojikistondagi Rog‘un GESda favqulodda hodisa oqibatida 3 nafar ishchi halok bo‘ldi. Hodisa 12 noyabr kuni qurilish maydonida yuz bergan.
Halok bo‘lganlar Rog‘un elektr stansiyasida ish olib borayotgan «Xokrud» kompaniyasining xodimlari bo‘lgan.
Tarmoqlarda tarqalgan, ammo rasman tasdiqlanmagan xabarlarda ishchilarning ustiga platforma tushib ketgani aytiladi.
Hozirda maxsus ishchi guruh tuzilgan, tergov harakatlari boshlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter