Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tataristondagi yong‘inda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning shaxsiga aniqlik kiritildi

Tataristondagi yong‘inda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning shaxsiga aniqlik kiritildi

O‘zbekistonning Qozondagi Bosh konsulxonasi Respublikaning Yelabuga munitsipal tumanida sodir bo‘lgan yong‘inda halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolariga doir qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yil 24 dekabr ertalab soat 3:00 larda yuqoridagi manzilda joylashgan «Mir» chorvachilik fermasi inshootida yong‘in sodir bo‘lgan va yong‘in oqibatida 6 nafar, jumladan, 5 nafar O‘zbekiston fuqarolari – 1976 yilda tug‘ilgan A.B., 1965 yilda tug‘ilgan X.X., 1970 yilda tug‘ilgan J.U., 1995 yilda tug‘ilgan B.N. va 2002 yilda tug‘ilgan S.D.lar halok bo‘lgan.

O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi ushbu holatni nazoratga olganini, diplomatlar voqea joyiga safarbar etilganini va vakolatli organlar bilan zarur tadbir va ishlarni olib borganini bildirdi.

Shuningdek, halok bo‘lganlarning jasadlarini Vatanga qaytarish ishlari tashkil etilmoqda.

Bosh konsulxona, o‘z navbatida, mazkur masala bo‘yicha quyidagi telefon raqamlar (+7-843 526-55-63;  +7-843 526-55-64; +7-843 526-55-65;) orqali bog‘lanish mumkinligini eslatmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring