Styuardessa samolyot uchish yo‘lagiga qulab tushdi
Buyuk Britaniyaning Nottingem shahri yaqinidagi Sharqiy Midlend aeroportida styuardessa samolyotdan qulab tushdi.
Tafsilotlar Nottinghampshire Live tomonidan taqdim etilgan.
Hodisa 16-dekabr kuni tushdan keyin yo‘lovchi laynerini parvozga tayyorlash vaqtida sodir bo‘lgan. Styuardessa samolyot eshigini ochdi ko‘chma zina o‘rnatiladigan joyga qadam qo‘ydi. Biroq noma’lum sababga ko‘ra u yerda narvon yo‘q edi va ayol uchish-qo‘nish yo‘lagiga qulab tushdi.
Natijada u og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan. Mahalliy aviatsiya ma’muriyati hodisa yuzasidan surishtiruv ishlarini olib bormoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter