Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Taniqli aktyorning o‘g‘li onasiga qo‘l ko‘tardi

Taniqli aktyorning o‘g‘li onasiga qo‘l ko‘tardi

Nikolas Keyj.

Foto: Peopletalk

Gollivud aktyori Nikolas Keyjning o‘g‘li Ueston Keyj o‘z onasi Kristina Fultonga qo‘l ko‘targani uchun politsiya tomonidan hibsga olindi. Bu haqda Mirror xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 33 yoshli Ueston onasining ko‘zini urib ko‘kartirganidan so‘ng Los-Anjelesda ushlangan. Buni politsiya ham tasdiqladi.

Oradan ko‘p o‘tmay Ueston 150 ming dollar garov evaziga ozod etildi. Aytilishicha, o‘g‘ilning bunday xatti-harakatlari oila uchun yangilik emas, biroq onasiga qo‘l ko‘tarishgacha borib yetishini hech kim kutmagandi.

Kristina Fulton guvohlik berishicha, bungacha oralarida hech janjal chiqmagan, ammo o‘sha kuni Uestonda ruhiy zo‘riqish kuchli bo‘lgan, u bilan tortishib qolib, keyin qo‘l ko‘targan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring