Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sudanda 200 dan ziyod odam jangarilar hujumidan halok bo‘ldi

Sudanda 200 dan ziyod odam jangarilar hujumidan halok bo‘ldi

Illyustrativ foto

Sudandagi ikki qishloqqa so‘nggi uch kunda jangarilar hujum qilishi oqibatida 200 dan ortiq tinch aholi vakili qurbon bo‘ldi. Xorij matbuoti yozishicha, hujum Tez qo‘llab-quvvatlash kuchlari tomonidan uyushtirilgan.

«Tez qo‘llab-quvvatlash kuchlari harbiylar yo‘q hududda qurolsiz odamlarga hujum uyushtirib, ularni sudsiz qatl etishgan, bosqinchilik va talonchilik qilishgan», — deyiladi Sudanda urush boshlanganidan buyon inson huquqlari buzilishini qayd etib kelayotgan yuristlar bayonotida.

Hujumlar uylar va infratuzilmaning qasddan vayron qilinishiga ham qaratilgani bois mamlakatda gumanitar inqiroz yanada chuqurlashib boryapti.

Eslatib o‘tamiz, Sudan muntazam armiyasi va Tez qo‘llab-quvvatlash kuchlari o‘rtasidagi qurolli nizo 2023-yil aprelida boshlangan. Urushning jabrini oddiy aholi ko‘rmoqda, qurbonlar juda ko‘p.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring