Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sobiq prezident vafot etdi — Janubiy Koreya

Sobiq prezident vafot etdi — Janubiy Koreya

Foto: «LIFE»

Seulda Koreya Respublikasining sobiq prezidenti Ro De U vafot etdi. Bu haqda Yonhap» agentligi xabar berdi

Ro De U 88 yoshda edi. Sog‘lig‘i yomonlashganidan beri u shifoxonada edi.

Ro De U mamlakatni 1988–1993-yillarda boshqargan. U sobiq harbiy prezident Chon Du Xvan o‘rniga demokratik yo‘l bilan saylangan ilk prezident bo‘lgandi.

1993-yilda korrupsiyada ayblanib hibsga olingan, keyinchalik 1980-yildagi Kvanju isyonlarini bostirishga daxldorlikda ham ayblangan. Ro De U 1996-yil avgustida sud hukmi bilan 22 yilga ozodlikdan mahrum etilgan, keyinchalik muddat 17 yilga qisqartirilgan, 1998-yilda oqlangan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring