Sholsning boshiga Baydenning kuni tushishi mumkin
Germaniya kansleri Olaf Sholsning partiyadoshlari o‘rtasida saylovoldi ro‘xatiga uning o‘rniga nisbatan obro‘liroq siyosatchini kiritish kerak degan gaplar yuribdi. Bu haqda Financial Times yozmoqda.
Sholsning o‘rnini mudofaa vaziri Boris Pistorius yoki Saar federal yeri bosh vaziri Anke Rexlinger egallashi mumkin. 22-sentyabrda Brandenburgda o‘tadigan saylov kansler uchun burilish nuqtasi bo‘lishi ehtimoldan xoli emas (ushbu hududda Sotsial-demokratlar partiyasi (SDP) Germaniya birlashganidan buyon hukmronlik qiladi).
Muxolifatning fikricha, Germaniyaning qaynoq muammolari (noqonuniy migratsiya, o‘ng va so‘l populistlarning kuchayishi, iqtisodiy turg‘unlik)ga yechim topa olmayotgan hukumat saylovchilarning ishonchini yo‘qotgan. Hukumatda birdamlik yo‘qligida esa aynan Shols ayblanmoqda.
«(AQSh prezidenti) Jo Bayden Kamala Harrisga o‘rnini bo‘shatib berganini hozir parlament fraksiyasidagi ko‘p odamlar gapirishmoqda va biz ham shunday yo‘lni tanlasak bo‘lmasmikan degan savolni o‘rtaga tashlashmoqda», — SDP deputatlaridan birining so‘zlarini keltirdi Financial Times.
Forschungsgruppe Wahlen sotsiologlari ma’lumotiga ko‘ra, Germaniya birlashgan 1990-yildan beri amalga o‘tirgan kanslerlar orasida eng reytingi pasti — Shols. O‘tgan hafta o‘tkazilgan so‘rov qatnashchilarining 77 foizi uni «kuchsiz yetakchi» deya baholashgan.
Yaqinda bergan bayonotida Olaf Shols 2025-yilda ikkinchi muddatga Germaniya kansleri etib saylanishiga ishonishini bildirgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter