Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shifokorlar bola oshqozonidan 200 dan ortiq magnit bo‘laklarini olib tashlashdi

Shifokorlar bola oshqozonidan 200 dan ortiq magnit bo‘laklarini olib tashlashdi

Moskva bolalar xirurgiyasi va travmatologiya ilmiy-tadqiqot instituti shifokorlari bemor oshqozonidan 200 dan ortiq magnit bo‘laklarni olib tashlashdi. Ikki soat davom etgan operatsiya yaxshi yakunlangan. Bu haqda Moskva sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmatiga tayanib Mir24 nashri xabar qilmoqda.

Xabarga ko‘ra, ikki yoshli bolaning ota-onasi bolaning axlati qora rangda ekanligi hamda uning ichki organlarida magnit bo‘laklar borligi haqida shikoyat bilan shifokorlarga murojaat qilishgan. Bemorda ultratovush va rentgenografiya tekshiruvlari o‘tkazilgan. Natijada bolaning oshqozonida magnit o‘yinchoq qismlari mavjudligi aniqlangan.

Shifokorlar ularni endoskopik usulda, kesmalarsiz va ochiq jarrohliksiz olib tashlashga qaror qilishgan.

Jarrohlar bolaning oshqozoniga endoskop kiritib, u yerda juda ko‘plab magnit bo‘laklarini topdilar. Ulardan ba’zilari allaqachon me’da shirasi bilan deformatsiyaga uchragan, ularning qirralari keskinlashgan va shilliq qavat uchun xavf tug‘dirgan ekanligi ma’lum bo‘lgan. Shifokorlar endoskopik tutqich bilan bo‘laklarni birma-bir olib tashlashga muvaffaq bo‘lishgan. Ikki soatlik operatsiya davomida bolaning oshqozonidan jami 209 ta magnit olib tashlangan.

«Bundan ham xavfli vaziyat bo‘lishi mumkin edi. Masalan, agar magnitlar qizilo‘ngach yoki ichakning turli qismlarida to‘planib qolishi natijasida, ular o‘zaro tortishish holati yuzaga kelishi mumkin. Natijada ichki organlarda teshiklar paydo bo‘ladi. Bunday holat og‘ir peritonitni keltirib chiqarishi mumkin», – deydi bolalar jarrohi, endoskopist Anastasiya Xaritonova.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring